16:30 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Siyosat
Havola olish
111042

11 noyabr kuni Afgʻoniston Milliy yarashuv boʻyicha oliy kengashining raisi Abdulla Abdulla Toshkentda respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyev va tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashdi.

TOSHKENT, 15 noya — Sputnik. 11 noyabr kuni Afgʻoniston Milliy yarashuv boʻyicha oliy kengashining raisi Abdulla Abdulla Toshkentda respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyev va tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashdi.

Siyosatshunos-sharqshunos Dmitriy Verxoturov taʼkidlashicha, Afgʻoniston hukumati va Tolibon oʻrtasida tinchlik kelishuvini imzolash hozircha qoldirilmoqda - muzokaralar "juda ogʻir kechmoqda".

"Oʻylaymanki, hozirda mahalliy darajada, qoʻmondonlar oʻrtasida faol muzokaralar olib borilmoqda. Aynan shu muzokaralarda Oʻzbekiston muhim rol oʻynaydi. Afgʻonistonning shimolida koʻplab etnik oʻzbeklar istiqomat qiladi", - deydi ekspert.

Aynan shu sababli Abdulla Toshkentga tashrif buyurgan edi. Bundan tashqari, tomonlar Afgʻonistonga iqtisodiy yordam masalasini ham muhokama qilgan boʻlishi  mumkin - bu tinchlik jarayonining muvaffaqiyatiga koʻp jihatdan bogʻliq boʻlgan muhim masala.

Teglar:
Shavkat Mirziyoyev, Oʻzbekiston, Afgʻoniston

Asosiy mavzular