10:20 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Siyosat
Havola olish
85 0 0

Tadbir chogʻida Hamdoʻstlik doirasidagi hamkorlikda erishilgan natijalar va aloqalarning yangi ustuvor yoʻnalishlari, xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashiniladi.

TOSHKENT, 9 dek — Sputnik. 2020 yilning 10 dekabr kuni Oʻzbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga raisligi doirasida videokonferentsiya shaklida Hamdoʻstlik ishtirokchi davlatlari tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov raisligida oʻtkaziladigan majlisda Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamda MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev ishtirok etadilar.

Tadbir chogʻida Hamdoʻstlik doirasidagi hamkorlikda erishilgan natijalar va aloqalarning yangi ustuvor yoʻnalishlari, xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashiniladi.

Shu bilan birga, MDHga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlar loyihalari ham muhokama qilinadi.

Teglar:
MDH tashqi ishlar vazirlari kengashi, MDH, Abdulaziz Kamilov

Asosiy mavzular