10:31 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (67)
54921

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 dekabr kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII)ning videoanjuman shaklida oʻtadigan sammitida ishtirok etadi.

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi prezidenti, Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi raisi Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 2020 yil 11 dekabr kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII)ning videoanjuman shaklida oʻtadigan sammitida ishtirok etadi.

Tadbirda YEOIIga aʼzo davlatlar – Rossiya, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Armaniston, shuningdek, kuzatuvchi maqomidagi Moldova va taklif etilgan mamlakat sifatida Kuba yetakchilari ishtirok etadi.

Oʻzbekiston Respublikasiga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini berish sammit kun tartibidagi asosiy masalalardan biridir.

Davlat rahbari oʻz nutqida Oʻzbekistonning YEOII bilan oʻzaro manfaatli hamkorligining ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berishi kutilmoqda.

Shu yil may oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi respublikaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi faoliyatida kuzatuvchi davlat maqomida ishtirok etishi toʻgʻrisidagi taklifni maʼqullagan edi.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (67)

Asosiy mavzular