09:44 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Siyosat
Havola olish
167 0 0

Kutilishicha, Ilhomjon Neʼmatov MDH Ijroiya qoʻmitasida iqtisodiy hamkorlik masalalarini muvofiqlashtiradi.

TOSHKENT, 19 dek - Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Ilhomjon Neʼmatov 2021 yilning 1 yanvaridan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Ijroiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari vazifalarini bajarishga kirishadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ilhomjon Neʼmatov Namangan viloyatida tavallud topgan, Fargʻona politexnika instituti va Moskvadagi Diplomatiya akademiyasini tamomlagan.

1992 yildan TIV tizimida faoliyat yuritadi. Ishni konsullik boshqarmasi boʻlim boshligʻi rahbari lavozimidan boshlagan. Turli yillarda Oʻzbekistonning Hindistondagi, Rossiyadagi, AQShdagi elchixonalariga rahbarlik qilgan, TIVning alohida topshiriqlari boʻyicha elchisi, tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Iqtisod fanlari nomzodi, Oʻzbekistonning Favqulodda va Muxtor elchisi diplomatik martabasiga ega.

Kutilishicha, Ilhomjon Neʼmatov MDH Ijroiya qoʻmitasida iqtisodiy hamkorlik masalalarini muvofiqlashtiradi.

Asosiy mavzular