09:53 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Siyosat
Havola olish
108 0 0

Oybek Usmanov Oʻzbekistonning Pokiston Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlandi.

TOSHKENT, 20 dek — Sputnik. Oybek Arifbekovich Usmanov Oʻzbekistonning Pokiston Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Uni tayinlash toʻgʻrisidagi qaror Oliy Majlis Senatining oʻninchi yalpi majlisida koʻrib chiqilgan.

Oybek Usmanov 1962 yilda Toshkentda tugʻilgan. 1985 yili Toshkent Davlat universitetining Sharqshunoslik fakultetini tugatgan.

U 2013 yil yanvar oyidan beri Oʻzbekistonning Misr va Iordaniyadagi elchisi, shuningdek, 2020 yil may oyidan Oʻzbekistonning Marokashdagi elchisi lavozimida ishlab kelgan.

Asosiy mavzular