TOSHKENT, 4 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 yanvardan qisqa muddatli mehnat taʼtiliga chiqdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“Davlat rahbarining taʼtili Oʻzbekiston hududida oʻtkazilishi rejalashtirilgan”, - deyilgan xabarda.
Bu Mirziyoyevning prezident lavozimini bajarishga kirishganidan beri (salkam besh yilda) ikkinchi marta mehnat taʼtiliga chiqishidir. Bundan avval davlat rahbari 2019 yil 5 avgustida qisqa muddatli mehnat taʼtiliga chiqqan edi.