TOSHKENT, 20 yanv - Sputnik. AQSH yangi maʼmuriyati 5 fevralga qadar SNV-3 shartnomasini uzaytirishni niyat qilgan. Plexanov nomidagi REU Siyosatshunoslik fakultetti rahbari, siyosatchi Andrey Koshkin aytishiga koʻra, Oq Uyning yangi jamoasi SNV-3 shartnomasi muddatini uzaytirish tarafdori boʻladi va raketalarga qarshi mudofaa tizimlari cheklanishiga rozi boʻlmaydi.
“Bayden maʼmuriyatining ushbu rejasini faqat qoʻllab-quvvatlash mumkin. Ushbu qadam qandaydir maʼnoda AQSH va Rossiya Federatsiyasi orasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalar vektorini ham oʻzgartiradi. AQSH rahbariyatining ushbu harakati – strategik yadroviy qurollanishni cheklashga qaratilgan yangicha siyosatining boshlanishi boʻladi va kelajakda yangi, davlatlar yadroviy qurollarini toʻliq nazorat ostida saqlab turuvchi shartnomalarga olib kelishi mumkin”, - dedi Koshkin.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya va AQSH orasida imzolangan SNV-3 shartnomasi 2011 yilning 5 fevralida kuchga kirgan edi. Unga koʻra 7 yil ichida quruqlikdagi, samolyotlar va suv osti kemalaridagi yadroviy qurol hajmi 700 kontinetlararo ballistik raketalardan, 1 550 jangovar bosh va 800 ta uchiruvchi ustanovkadan oshmaydi.
Ayni damda SNV-3 - Rossiya va AQSH orasida amal qilayotgan, qurol-yarogʻ miqdorini cheklashga qaratilgan yagona shartnomadir. Uning muddati 2021 yilning 5 fevralida tugaydi.