03:50 07 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (74)
62810

Oʻzbekiston va Kuba ilk bor Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hukumatlararo kengashining majlisida ishtirok etadi.

TOSHKENT, 25 yanv — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) hukumatlararo kengashining navbatdagi yigʻilishi 2021 yil 5 fevralda Olmaotada boʻlib oʻtadi, deb xabar qildi Sputnik Qozogʻiston mamlakat tashqi ishlar vazirligiga asosan.

Yigʻilishda Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya hukumat rahbarlari va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Hayʼati raisi ishtirok etadi.

Bundan tashqari, tadbirda YEOIIda kuzatuvchi-davlatlar - Moldova, Oʻzbekiston va Kuba ishtirok etishi kutilmoqda.

Yigʻilishlar tor va kengaytirilgan tarkibda boʻlib oʻtadi. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, ichki bozor faoliyatidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, shuningdek iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida integratsion salohiyatni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Oʻzbekistonning YEOII bilan hamkorligini yoʻlga qoʻyish masalasini oʻrganishni tashkil etish boʻyicha ishchi guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Dastlab yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yoʻllangan Murojaatnomadan kelib chiqib, 2021 yilda YEOII bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalasini oʻrganishni tashkil etish, Oʻzbekistonning YEOIIga kuzatuvchi maqomida ushbu miintaqaviy tuzilmaning keng imkoniyatlaridan har tomonlama foydalanish yoʻllarini qidirish Qonunchilik palatasida tuzilgan mazkur ishchi guruhning asosiy vazifalaridan biri ekanligi taʼkidlandi.

Yigʻilish ishtirokchilari Oʻzbekiston YEOIIda kuzatuvchi maqomini olganligi hamda ushbu tashkilotga aʼzo boʻlgan davlatlar bozorlarida toʻlaqonli ishtirok etishi uchun hamkorlikning huquqiy tartibga solish mexanizmlarini chuqur oʻrganish, milliy texnik tartibga solish meʼyorlarini YEOII talablariga moslashtirish boʻyicha ishlarni jadallashtirish zarurligini taʼkidlashdi. YEOII bilan Oʻzbekiston oʻrtasida hamkorlik ishlarini samarali tashkil etish maqsadida 2021 yilga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi” loyihasi atroflicha muhokama qilinib, tasdiqlandi.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (74)

Mavzu boʻyicha

Overchuk: YEOII Oʻzbekistonning ittifoqqa qoʻshilishiga umid qilmoqda
2025 yilda YEOII integratsiyasining birinchi bosqichi yakunlanadi – Putin
YEOII ichida transport qatnovi qachon toʻlaqonli tiklanadi - Malkina izohi
YEOII-Oʻzbekiston hamkorlik “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi
Oʻzbekiston YEOIIga qoʻshilsa, Tojikistonda tanlov qolmaydi – Migranyan
Teglar:
Olma-Ota, Toshkent, Moldova, Kuba, Armaniston, Qirgʻiziston, Belarus, Qozogʻiston, YEOII, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular