Dushanbeda O‘zbekiston-Tojikiston chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar yakunlandi

© AP Photo / Anvar IlyasovUzbekskiy pogranichnik
Uzbekskiy pogranichnik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Tojikiston hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining ikki mamlakat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. 26-30 yanvar kunlari Dushanbe shahrida O‘zbekiston va Tojikiston hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Pogranichniy punkt, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Tojikiston chegarasini demarkatsiya qilish uchrashuvining reja-jadvali kelishib olindi
"Dunyo" AA xabariga ko‘ra, muzokaralar davomida tomonlarning har oydagi uchrashuvlarini o‘tkazish nazarda tutilgan 2021-yilgi tadbirlar jadvali kelishib olindi.
Uchrashuv doirasida qo‘shma dala ishlarini o‘tkazish sanalari va joylari to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Shuningdek, davlatlararo chegarani demarkatsiya qilishning boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha tegishli bayonnoma imzolandi.
Yangiliklar lentasi
0