TOSHKENT, 5 fev — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifiga tayyorgarlik qanday ketayotganini xabar qildi.
“Biz Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifiga tayyorlanmoqdamiz. Imzolanishi rejalashtirilayotgan bir toʻplam hujjatlar va tashrifning boy dasturi tayyorlanmoqda”, - dedi Rossiya bosh vaziri.
Rossiya va Oʻzbekiston prezidentlari uchrashuvi doirasida ikki davlat hukumatlararo komissiyasining ikkinchi majlisi ham boʻlib oʻtishi rejalashtirilmoqda.
“Afsuski sanitar-epidemiologik cheklovlar tufayli bizning tadbirimiz mart-aprel oylariga koʻchirildi... Rossiya va Oʻzbekiston muassasalari ushbu tadbir amalga oshishi uchun bel bogʻlab ishlashmoqda”, - dedi Mishustin Olma-Otada boʻlib oʻtgan YEOII hukumat rahbarlari uchrashuvi doirasida.
Rossiya bosh vaziri aytishiga koʻra, Rossiya va Oʻzbekiston prezidentlarining boʻlajak tashrifi doirasida imzolanishi rejalashtirilayotgan bir qator hujjatlar tayyorlanmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi 2020 yilning dekabr oyida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan edi. Lekin COVID-19 pandemiyasi tufayli tashrif keyinroq muddatga qoldirilgan edi.