12:46 03 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Siyosat
Havola olish
138 0 0

Boʻlajak uchrashuvlar va muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston-Afgʻoniston munosabatlarining hozirgi holati va kelgusida rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 23 fev - Sputnik. Bugun, 23-fevral kuni, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afgʻoniston Islom Respublikasiga amaliy tashrif bilan boradi.

"Boʻlajak uchrashuvlar va muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston-Afgʻoniston munosabatlarining hozirgi holati va kelgusida rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan", - deyiladi Oʻzbekiston TIV bayonotida.

TIV bergan maʼlumotlar boʻyicha, uchrashuv chogʻida mintaqalararo savdo aylanmasini oshirish, Markaziy va Janubiy Osiyoni bogʻlaydigan qoʻshma transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirishning yangi imkoniyatlari boʻyicha fikr almashiladi.

Asosiy mavzular