15:22 19 May 2019
Efir
  • RUB129.74
  • EUR9501.05
  • USD8458.16
Talabalar auditoriyada. Arxiv surat

Yangi oʻzbek tili va adabiyoti universitetiga 300 nafar talaba qabul qilinadi

© Sputnik / Alexander Kryazhev
Jamiyat
Havola olish
87722

Oʻzbekiston prezidentining 13 maydagi qarori asosida tashkil etilgan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti 2016/2017-oʻquv yili uchun 300 nafar talabani qabul qiladi.

TOSHKENT, 23 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining 13 maydagi qarori asosida tashkil etilgan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti 2016/2017-oʻquv yili uchun 300 nafar talabani qabul qiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining yangi OTM faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida 13 may kuni eʼlon qilingan hamda prezident tomonidan imzolangan qarorida koʻrsatilgan.
Qarorga koʻra, bakalavriatga qabul qilinadigan jami talabalarning 150 nafari davlat granti asosida, 150 nafari esa toʻlov-kontrakt asosida tahsil oladi.
Taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha qabul kvotalari:
Oʻzbek tili filologiyasi — 80 (40 — grant/40 — kontrakt);
Oʻzbek tili va adabiyoti — 120 (60/60);
Oʻzbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti — 100 (50/50).

Yangi universitet Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining (TDPU) Yakkasaroy tumani, Oʻqituvchi koʻchasi 103-uy manzilidagi binolariga joylashtiriladi. Universitet qarshisida Alisher Navoiy haykali qad koʻtaradi. Oʻz navbatida, TDPU Chilonzor tumanidagi 1-sonli Toshkent pedagogika kolleji binosiga koʻchadi.
Eslatib oʻtamiz, yangi universitet Oʻzbekiston Milliy universitetining oʻzbek filologiyasi fakulteti, Toshkent davlat pedagogika universitetining oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti, shuningdek, Fanlar Akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti bazasida tashkil etildi.

Universitetga 2015 yilning iyunidan Oʻzbekiston Milliy universiteti rahbari sifatida ishlab kelgan filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinov rektor etib tayinlandi.

Asosiy mavzular