05:41 16 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Toshkent tramvayi. Arxiv surat

Aeroport va vokzal orasida tramvay harakatini yoʻlga qoʻyish taklif qilindi

© Sputnik / Stringer
Jamiyat
Havola olish
27820

Toshkentlik Ravshan Xamidov aeroport va vokzal terminallari orasida shattl transporti sifatida, tramvay harakatini yoʻlga qoʻyishni taklif qildi.

TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. Toshkentlik fuqaro Oʻzbekiston Havo yoʻllari, Oʻzbekiston Temir yoʻllari va Bosh vazir nomiga xat yozib, shaharda tramvay harakatini qayta tiklashni taklif qildi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz nashri.

Ravshan  Hamidov Toshkent aeroporti va vokzali orasida shattl qatnovi tashkil qilishni taklif qilmoqda. Gʻoya muallifining fikriga koʻra, transport vositasi sifatida — tramvay mos keladi.    

“Bugun men bosh vazir, Oʻzbekiston Havo yoʻllari va Oʻzbekiston Temir yoʻllariga xat yoʻlladim. Men aqldan ozgan boʻlishim mumkin, lekin harakatda barakat deganlaridek, balkim tramvayni hech boʻlmasa shu koʻrinishda saqlab qolishga muvaffaq boʻlarmiz. Ularning javobini kutib turaylikchi”, — deb izoh berdi Ravshan Hamidov.

“Pisma o Tashkente” internet sahifasida ham chop etilgan ushbu xat, foydalanuvchilarning qiziqqon muhokamasiga sabab boʻldi.

“Toshkent aeroportining yangi terminali oldida tramvayning oxirgi bekati qurilishi moʻljallangan. Undan mahalliy aeroport oldiga tramvay yoʻlini davom ettirish kerak. Yangi terminal tashqi koʻrinishini buzmaslik uchun, 500-800 metrli yer osti yoʻli qurish kerak. Mahalliy aeroport terminali oldida esa — yer sathi darajasida aylana platforma qurish mumkin”, — deyilgan xatda.   

Ravshan Xamidov oʻz tashabbusini mansabdor shaxslar eʼtiboriga yetkiza olgan yoki olmagani keyinroq maʼlum boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahar rahbariyati ushbu yilning aprel oyida barcha tramvay yoʻnalishlarini yopish haqida qaror chiqargan edi. Bir oy davomida Toshkentdagi barcha tramvay yoʻllari berkitilib, relslar olib tashlangan edi. 2 may kuni Toshkentda, Beshqayrogʻoch massivi va Ippodrom orasida qatnovchi, 17 raqamli eng oxirgi tramvay yoʻnalishi yopildi. Tramvaylar oʻrnida ushbu yoʻnalishlarda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan Isuzu avtobuslari harakati yoʻlga qoʻyildi.

Asosiy mavzular