MSK ishonch telefonini ishga tushirdi

© Sputnik / Aleksey FilippovSall-markaz dispetcheri
Sall-markaz dispetcheri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1 noyabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida kechayu-kunduz ishlab turadigan "ishonch telefoni" (0 371 239-35-62)va elektron pochta (ub_saylov@umail.uz) ishga tushirildi

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish chog‘ida qonun buzilishlarining oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ular yuzasidan qonunda belgilangan choralarni ko‘rish hamda okrug, uchastka saylov komissiyalari bilan doimiy aloqa o‘rnatishni ta’minlash maqsadida 2016-yil 1-noyabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida kechayu-kunduz ishlab turadigan "ishonch telefoni" (0 371 239-35-62) ishga tushirildi, deb xabar beradi MSK matbuot-xizmati.

Shuningdek, faks (0 371 239-42-43) va elektron pochta (ub_saylov@umail.uz) ham ishga tushirilgan.

Yangiliklar lentasi
0