21:14 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
37 0 0

Mehmonlar Fuqaro muhofazasi institutidagi Zilzilalarni simulyatsiya qilish majmuasida boʻlib, zilzilalar tarixi muzeyi va zilzilalar xavfini kamaytirish chora-tadbirlari, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish qoidalari bilan yaqindan tanishdilar

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Joriy yilning 25 noyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirlida vazirning birinchi oʻrinbosari Komiljon Aripov hamda Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi rahbari Eduards Stiprays oʻrtasida rasmiy uchrashuv boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati.

Xabarda taʼkidlanishicha, uchrashuv doirasida favqulodda vaziyatlarni oldini olish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari belgilab olingan.

"Kunning ikkinchi yarmida, mehmonlar Fuqaro muhofazasi institutidagi Zilzilalarni simulyatsiya qilish majmuasida boʻlib, zilzilalar tarixi muzeyi va zilzilalar xavfini kamaytirish chora-tadbirlari, birinchi tibbiy yodam koʻrsatish qoidalari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, mehmonlar oʻz bilim va malakalarini yer silkinishini hosil qiluvchi zilzila simulyatorida sinab koʻrdilar", — deyiladi xabar matnida.

Delegatsiya Yevropeyskogo Soyuza v MCHS Uzbekistana
MCHS Uzbekistana
Delegatsiya Yevropeyskogo Soyuza v MCHS Uzbekistana
Teglar:
Yevropa Ittifoqi, Komiljon Aripov, FVV

Asosiy mavzular