14:04 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Jamiyat
Havola olish
129210

2017 yilning bahor oyidan boshlab, Oʻzbekistondagi jamoat joylarida tamaki mahsulotlari chekish va spirtli ichimliklarni ichish taqiqlanishidan ogohlantiruvchi belgilar paydo boʻladi

TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi buyrugʻi bilan alkogol va tamaki mahsulotlari isteʼmol qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydigan ogohlantiruvchi hamda tamaki mahsulotini isteʼmol qilish uchun maxsus ajratilgan joy (yoki) xona haqida axborot beruvchi belgilarni tayyorlash hamda ularni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat 2017 yil mart oyidan boshlab kuchga kiradi.

Alkogol va tamaki mahsulotlari isteʼmol qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydigan ogohlantiruvchi hamda tamaki mahsulotini isteʼmol qilish uchun maxsus ajratilgan joy va (yoki) xona haqida axborot beruvchi belgilarni tayyorlash hamda ularni joylashtirish korxona, muassasa, tashkilot rahbari, ish beruvchi yoki bino yoxud obʼyektlardan foydalanayotgan yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan mazkur Nizomga muvofiq tashkil etiladi.

Spirtli ichimlik isteʼmol qilish taqiqlanganidan ogohlantiruvchi belgi ish joylarida, koʻchalar, stadionlar, xiyobonlar, istirohat bogʻlarida va boshqa jamoat joylarida, shuningdek alkogol mahsulotini quyib sotishga qilishga ruxsat etilmagan savdo va umumiy ovqatlanish obʼyektlarida (toʻylar, yubileylar va boshqa tantanalar hamda marosimlar oʻtkaziladigan joylar, shuningdek alkogol mahsulotini quyib realizatsiya qilishga ruxsat etilgan savdo va umumiy ovqatlanish obʼyektlari bundan mustasno) barcha uchun koʻrinadigan joylarda joylashtirilishi lozim.

Spirtli ichimlik ichishni man qiluvchi belgi
Spirtli ichimlik ichishni man qiluvchi belgi

 

Alohida qayd etilishicha, bu belgilar havo kemalaridan boshqa barcha jamoat transportlarida oʻrnatiladi.

Tamaki mahsuloti isteʼmol qilish mumkin emasligidan ogohlantiruvchi belgi ish joylarida, sogʻliqni saqlash, taʼlim, sport-sogʻlomlashtirish muassasalarida, yongʻin chiqish xavfi boʻlgan joylarda, shu jumladan avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida (tamaki mahsulotini isteʼmol qilish uchun maxsus ajratilgan joylar va (yoki) xonalar bundan mustasno) barcha uchun koʻrinadigan joylarda joylashtirilishi lozim.

Bu belgi mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlarda, daryo kemalarida (tamaki mahsulotini isteʼmol qilish belgilanmagan joylarda), shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarning vagonlarida (shu jumladan tamburlarida), shahar ichida, shahar atrofiga, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda qatnaydigan avtobuslarda, shuningdek yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilarda hamda shahar elektr transportida barcha uchun koʻrinadigan joylarda joylashtiriladi.

Tamaki mahsuloti uchun maxsus ajratilgan joy haqida axborot beruvchi belgi tamaki mahsulotini isteʼmol qilish uchun maxsus ajratilgan joyda (xonada) joylashtiriladi. Tamaki mahsulotini isteʼmol qilish uchun maxsus ajratilgan joylar va (yoki) xonalar korxona, muassasa, tashkilot rahbari, ish beruvchi yoki bino yoxud obʼyektlardan foydalanayotgan yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan tashkil etilishi mumkin.

Alkogol va tamaki mahsulotlari isteʼmoli taqiqlanganidan ogohlantiruvchi matnli belgilarda, shuningdek, ushbu qoidabuzarlik uchun qoʻllaniladigan jarima miqdori va jarimaga asos boʻladigan maʼmuriy huquqbuzarlik bandi keltiriladi.

Shunga koʻra, ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy jazo sifatida jarima miqdori ham tasdiqlangan.

Endilikda, alkogol mahsuloti isteʼmol qilish taqiqlangan joyda bundan mahsulotni isteʼmol qilgan shaxsga birinchi martasida eng kam oylik ish haqining 1/2 miqdorida, ikkinchi martasida eng kam oylik ish haqining 1/2 miqdorida jarima yoki 15 kunga ozodlikdan mahrum etish jazosi qoʻllanilishiga olib kelishi mumkin.

Tamaki mahsuloti isteʼmoli taqiqlanganligi qoidasiga amal qilmagan shaxsga eng kam oylik ish haqining 1/3 miqdorida jarima solish jazosi qoʻllaniladi.

Teglar:
jarima, jamoat joylari, spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, taʼqiq, chekish man etildi

Asosiy mavzular