Ofarin: Sanjar Shodiyev O‘zbekiston madhiyasini oilaviy ijro etdi

Obuna bo‘lish
10 dekabr kuni - O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganiga 24-yil to‘ladi. Sputnik nashri ushbu tantanali sana munosabati bilan madhiyani jonli ijro etib berish taklifini bildirib o‘zbek shou-biznesi vakillari bilan bog‘landi. O‘nlab o‘zbek san’atkorlari orasida faqatgina Sanjar Shodiyev bu taklifga bajonidil rozi bo‘ldi
Sanjar Shodiyev: madhiyamiz hamisha faxr bilan yangrasin

Madhiya — bu barchamiz qaddimizni tik tutgancha yuksak g‘urur bilan aytiladigan qo‘shiq.

Dunyo mamlakatlarida o‘tkaziladigan turli musobaqalarda bizning sportchilarimiz g‘oliblikni qo‘lga kiritgach, O‘zbekiston madhiyasi jaranglaydigan sahnani ko‘z oldingizga keltiring bir?!

Ko‘nglingizdan nima kechadi?

O‘sha mahalda madhiyaga jo‘r bo‘lgan o‘zbekistonliklarni diqqat bilan kuzatganmisiz? Hammasi qaddini g‘oz tutgan, o‘ng qo‘l ko‘ksida, g‘urur bilan aytishadi bu qo‘shiqni!!

Bugun davlat madhiyamiz qabul qilinganiga 24-yil to‘ladi. Ushbu tantanali sana munosabati bilan madhiyani jonli ijro etib berish taklifini bildirib o‘zbek shou-biznesi vakillari bilan bog‘landik. O‘nlab o‘zbek san’atkorlari orasida faqatgina aktor Sanjar Shodiyev bu taklifga bajonidil rozi bo‘ldi. Va oilaviy ijro etib berishga tayyorligini bildirdi.

Sputnik tahririyati nomidan barcha o‘zbekistonliklarni ushbu qutlug‘ sana bilan chin yurakdan muborakbod etamiz. O‘zbekiston madhiyasi dunyo sahnalarida jarang topishda davom etaversin!

Yangiliklar lentasi
0