13:43 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
143632

Har bir fuqaro oʻz murojaatini toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi qoshidagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Boshligʻiga murojaat yuborish orqali amalga oshirishi mumkin

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbarining virtual qabulxonasi ishga tushdi. Bu haqda agentlik rasmiy saytida xabar qilingan.

"Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi qoshidagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Boshligʻiga murojaat yuborish orqali amalga oshirishingiz mumkin.

Yoki Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi qoshidagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Boshligʻiga ariza, taklif va shikoyatlarni 0 (371) 214-30-76, 0 (371) 214-54-36 raqamlariga qoʻngʻiroq qilgan holda yuborish mumkin", — deyiladi xabarda.

Virtual qabulxonaga murojaatlarni oʻzbek va rus tillarida yoʻllash mumkin. Shuningdek, sahifalar lotin va kirill alifbosida ishlamoqda.

Teglar:
migrantlar, migratsiya, virtual qabulxona

Asosiy mavzular