08:36 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
Oʻzbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev: islohotlar va tayinlovlar (72)
165010

Abdulla Aripov shu yilning 13 sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari, Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalari masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tayinlangandi

TOSHKENT, 12 dek – Sputnik. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Bosh vazirlik uchun Abdulla Aripov nomzodini taqdim etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Majlis ishtirokchilari boʻlib oʻtgan muhokamalar natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Bosh vazir lavozimiga hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Abdulla Nigmatovich Aripov nomzodini taqdim etish toʻgʻrisida qaror qabul qildilar.

Konstitutsiyaga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng koʻp deputatlik oʻrinlarini olgan siyosiy partiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.

Taʼkidlanganidek, Abdulla Nigmatovich Aripov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati uchun masʼuliyatni toʻla zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor va talabchan, yangilikka intiluvchan, jonkuyar va vatanparvar, quyidan yuqorigacha boʻlgan barcha boʻgʻinlardagi ijro organlarini boshqarishda yetarli tajriba va salohiyatga ega boʻlgan fidoyi insondir.

Maʼlumot uchun, Abdulla Aripov shu yilning 13 sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari, Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalari masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tayinlangandi.

1961 yilda tugʻilgan Abdulla Aripov 10 yildan ortiq — 2002 yil may oyidan 2012 yilning avgustiga qadar bosh vazir oʻrinbosari sifatida faoliyat olib borgan.
U axborot tizimlari va telekommunikatsiya masalalari (2009 yil oktyabriga qadar — taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va kommunikatsiya masalalari) kompleksiga ham rahbarlik qilgan.

Aripov 2005—2009 yillar davomida Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligini boshqargan.

Mavzu:
Oʻzbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev: islohotlar va tayinlovlar (72)

Asosiy mavzular