21:25 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
33512

Sputnik Oʻzbekiston haydovchilardan ehtiyotkorroq boʻlishni soʻraydi

TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. Bugun ertalab Oʻzbekiston poytaxti kuchli tuman iskanjasida qoldi. Bu holat oʻz navbatida jamoatchilik transporti faoliyatini hamda koʻchalardagi vaziyatni jiddiy murakkablashtirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Tashkent okutal gustoy tuman
Foto stringera Sputnik Uzbekistan
Tashkent okutal gustoy tuman

Avtomobillarning sekin harakatlanishi tufayli, kichik halqa yoʻlining ayrim hududlarida tirbandlik yuzaga kela boshladi, deydi muxbir.

Xabarda aytilishicha, yoʻl-harakati hodisasi yuz berishidan qattiq havotirlangan avtomobilchilar oʻz avtoulovlarini juda sekin boshqarganlar.

Tashkent okutal gustoy tuman
Foto stringera Sputnik Uzbekistan
Toshkentni quyuq tuman qoplab oldi

"Ammo ertalab 9ga yaqin vaziyat ancha oʻnglandi va tuman bir oz ortga chekindi. Bunga qaramay, koʻchalardagi ahvol murakkabligicha qolmoqda", — deb xabar qilgan muxbir.

Teglar:
kuchli tuman, ob-havo, Toshkent

Asosiy mavzular