17:39 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
61731

Odil Axmedov, hozir buni tasavvur qila olmayotgan boʻlsada, uning oʻzi ham bir kun kelib futbol treneri boʻlib ishlashi mumkinligini ehtimoldan xoli qilmadi.

TOSHKENT, 29 dek — Sputnik. Rossiyaning “Krasnodar” klubi va Oʻzbekiston terma jamoasi oʻyinchisi Odil Axmedov “Oriyat dono” radiosiga bergan intervyusida kelasi yil Namangan viloyatida futbol akademiyasi ochish rejasi borligini xabar qildi.

Futbolchi aytishiga qaraganda, ushbu loyiha ustida Namangan viloyati hokimiyati bilan birgalikda ish olib borilmoqda.

“Oldin Vodiydan koʻplab yetuk futbolchilar chiqar edi, lekin hozir biz bu bilan magʻrurlana olmaymiz. Shuning uchun ham, biz Namangan hokimi bilan birgalikda ushbu akademiyani ochmoqchimiz. Xudo xoxlasa kelasi yil yozda butun vodiy boʻylab yosh futbolchilar tanlovi oʻtkazamiz. Eng yaxshilarini biz akademiyamizga taklif qilamiz”, — dedi Odil Axmedov.  

"Asosiysi, biz qobiliyatli oʻyinchilarga diqqatni qaratmoqchimiz. Bilasizmi, yosh futbolchilar uchun asosiysi – bu bor kuch-gʻayratini ayamaydigan ustoz. Afsuski, hozir bunday ustozlar kam. Bugungi kunda koʻplab trenerlar bolalarga toʻp berib qoʻyib, shu bilan pul ishlamoqda. Shuning uchun ham biz akademiyaga tajribali chet ellik mutaxassilarni taklif qilmoqchimiz. Masalan, biz bu borada “Krasnodar” bilan allaqachon kelishib qoʻyganmiz. Chet ellik mutaxassislar oʻz tajribalarini yoshlar bilan  baham koʻrishadi. Undan tashqari bizning ham yosh mutaxasslarimiz boshqa mamlakatlarga borib tajriba orttirishlari mumkin. Menimcha, shunday yoʻl bilan kerakli natijaga erishishimiz mumkin", — deb qoʻshimcha qildi futbolchi.

Odil Axmedov, hozir buni tasavvur qila olmayotgan boʻlsada, uning oʻzi ham bir kun kelib futbol treneri boʻlib ishlashi mumkinligini ehtimoldan xoli qilmadi.

Asosiy mavzular