Taʼlim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda ushbu sana munosabati bilan turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar, xotira kechalari oʻtkazilayotgani taʼkidlangan
TOSHKENT, 25 yanv — Sputnik. Oʻzbekistondagi mahalliy ommaviy axborot vositalari xabariga koʻra, shu kunlarda Oʻzbekistonning barcha hududlarida mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud topgan kun — 30 yanvar sanasini nishonlashga tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Taʼlim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda ushbu sana munosabati bilan turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar, xotira kechalari oʻtkazilayotgani taʼkidlangan.
Xususan, Samarqand davlat universitetida oʻtkazilgan ana shunday tadbirda Islom Karimov hayoti va faoliyati, boy maʼnaviy merosi haqida soʻz yuritilgan.
Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov 2016 yilning 2 sentyabrida insult oqibatida vafot etgan edi.
Ilgariroq Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning tugʻilgan kuni munosabati bilan 2017 yil 30 yanvarda "Oqsaroy" qarorgohi muzey sifatida ishlay boshlashi haqida xabar qilgan edik.
VETERAN birlashmasi raisi Talʼat Murodov Afgʻonistonda jang qilgan veteranlar koronavirus pandemiyasi vaqtida qanday qoʻllab-quvvatlangani, Afgʻoniston Islom Respublikasi hududida urush vaqtida bedarak yoʻqolgan jangchilarni qidirish ishlari qanday kechayotgani haqida gapirdi