21:16 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
261664

Sinoptiklar 2 fevraldan yogʻingarchilik bashorat qilishmoqda, 3-4 fevral kunlari esa qor yogʻadi. Shanbadan harorat pasaya boshlaydi.

TOSHKENT, 1 fev — Sputnik. ​Oʻzbekistonda fevral oyining ilk kunlari yogʻingarchiliklar va noodatiy sovuqlar bilan boshlanadi, deb xabar qilmoqda "Darakchi" nashri.

Xabarda aytilishicha, yaqin kunlarda Oʻzbekistonga Rossiya hududidan sovuq havo oqimi kirib keladi.

Moskvada gʻayritabiiy sovuq havo manzaralari
© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
"2 fevraldan sinoptiklar yogʻingarchilik bashorat qilishdi: yomgʻir, 3-4 fevral kunlari qor. Shanbadan harorat pasaya boshlaydi. Respublika boʻyicha kunduzi havo harorati oʻrtacha 0 —5 daraja sovuqni tashkil qiladi, tunda 2-7˚S sovuq.

5-6 fevral kuni havo yogʻingarchiliksiz boʻlib oʻtadi, tunda esa yanada sovuqroq boʻladi: termometr ustuni 7-12 daraja sovuqni koʻrsatadi. Oʻzgidrometdan xabar berilishicha, bunday sovuq harorat mamlakatimizning aynan markaziy, sharqiy qismlari hamda poytaxtda kuzatiladi.

Fevralning ilk kuni yogʻingarchilik boʻlmaydi, joylarda tuman tushadi", — deyilgan xabarda.

Teglar:
fevral, qor, sovuq, ob-havo, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular