22:05 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
2906163

Oʻzbekistonda 2017-2018-yillarda qishloq avtomobil yoʻllari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullarning koʻchalarini kapital va joriy taʼmirlash belgilangan

TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti 2017-2018-yillarda mintaqaviy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish dasturini tasdiqladi, deb xabar qildi Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Hujjatga koʻra, 2017-2018-yillarda 5454 kilometr, jumladan, 2017-yilda — 2700 kilometr, 2018-yilda — 2754 kilometr xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullarning koʻchalarini kapital va joriy taʼmirlash belgilangan.

Xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullarning koʻchalarini joriy taʼmirlash ishlarini bajarish uchun mintaqaviy yoʻllarni taʼmirlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar 330 ta yoʻl texnikasi bilan taʼminlanadi.

Xabarga koʻra, mavjud respublika xoʻjaliklararo qishloq avtomobil yoʻllari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullar koʻchalarini bosqichma-bosqich xatlovdan oʻtkazish va ularni pasportlashtirish, bu boradagi ishlar natijalari boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasi yaratiladi.

Shu bilan birga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 295 kilometr, Andijon viloyati boʻyicha — 324 kilometr, Buxoro viloyati boʻyicha — 439 kilometr, Jizzax viloyati boʻyicha — 222 kilometr, Qashqadaryo viloyati boʻyicha — 679 kilometr, Navoiy viloyati boʻyicha — 216 kilometr, Namangan viloyati boʻyicha — 309 kilometr, Samarqand viloyati boʻyicha — 479 kilometr, Surxondaryo viloyati boʻyicha — 535 kilometr, Sirdaryo viloyati boʻyicha — 267 kilometr, Toshkent viloyati boʻyicha — 516 kilometr, Fargʻona viloyati boʻyicha — 520 kilometr, Xorazm viloyati boʻyicha — 321 kilometr va Toshkent shahri boʻyicha — 332 kilometr yoʻllar va koʻchalarni taʼmirlash nazarda tutilgan.

Teglar:
Mirziyoyev, yangi farmon, Oʻzbekiston, yoʻl

Asosiy mavzular