20:47 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
5957100

Agar avtomobil belgilanmagan joyda parkovka qilingan boʻlsa, inspektor evakuatorga qoʻngʻiroq qilib, avtomobilni jarima maydonchasiga yuborishi lozim, deb xabar berishdi Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasida

TOSHKENT, 3 mar — Sputnik. Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati va Yoʻl patrul xizmati xodimlari notoʻgʻri parkovka qilingan avtomobillardan raqamini yechib olishga haqli emas, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbari oʻrinbosari Doniyor Toshxoʻjayev.

Aytish joizki, keyingi vaqtlarda bu muammo poytaxtdagi haydovchilarning asosiy bosh ogʻrigʻiga aylangan. Qolaversa, ijtimoiy tarmoqlarni koʻzdan kechirsangiz, bu muammo xususida qizgʻin tortishuvlar borayotganiga guvoh boʻlishingiz mumkin. Foydalanuvchilarning bir qismi DAN xodimlari avtomobil raqamini yechib olishga haqli, degan fikrni bildirishayotgan boʻlsa, qolgan qismi keskin ravishda bu qoidabuzarlik ekanligini taʼkidlashmoqda.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bu masalaga oydinlik kiritishga yordam berdi.

Doniyor Toshxoʻjayevning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda huquq-tartibot organlari ichki tartib buyrugʻiga egalar va bu hujjatda avtomobillar raqamlari yechib olish tartibi qatʼiy belgilangan 45ga yaqin bandlar mavjud.

"Misol uchun inspektor agar avtomobil texnik jihatdan nosoz boʻlsa yoki boʻlmasam uzoq vaqt mobaynida shaharning biron bir qismida qoldirib ketilgan boʻlsa mashina raqamini yechib olishi mumkin.

Ammo inspektor notoʻgʻri parkovka qilingan avtomobil raqamini yechib olishga haqli emas. U evakuatorni chaqirib, mashinani jarima maydonchasiga yuborishi lozim", — deb taʼkidladi Toshxoʻjayev.

Teglar:
DAN, GAI

Asosiy mavzular