06:22 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
274 0 0

Poytaxt hukumati "Novza" metrosi yonida joylashgan chorrahaning transport harakati uchun ochilishini yana orqaga koʻchirdi

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Muqimiy va Bunyodkor chorrahasi ochilishi Navroʻz arafasi kunlariga koʻchirildi, deb xabar qildi "Toshshahartransxizmat" kompaniyasi matbuot-xizmati.

Ilgariroq Muqimiy va Bunyodkor koʻchalari kesishmasi 23 fevralga qadar yopilgani eʼlon qilingan edi. Ammo sal oʻtmay kompaniya matbuot-xizmati 11 fevral kuni yopilgan chorrahaning transport harakati uchun ochilishi 2017 yil 10 martga koʻchirildi, deya xabar tarqatgan edi.

"Maʼlum ishlarning davom etayotganligi, hamda xavsizlikni taʼminlash maqsadida, chorrahaning transport harakati uchun ochilishi "Navroʻz" bayrami arafasi kunlariga qoʻchirildi. Tirbandlikni keltirib chiqarmaslik maqsadida, qurilish vaqtida boshqa koʻchalardan foydalanishni soʻraymiz. Yuzaga keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz", — deyilgan ayni vaqtda berilgan xabarda.

Bunyodkor va Muqimiy koʻchalari kesishuvida, metroning "Novza" bekati yaqinida uzunligi 600 metrga teng boʻlgan, olti qator yoʻl tushadigan yangi koʻprik qurilishi 2016 yilning 16 sentyabridan boshlangan edi.

Yoʻl oʻtkazgich Navroʻz bayrami (21 mart)da foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Teglar:
Toshshahartransxizmat, Novza, Navroʻz, Bunyodkor, Muqimiy

Asosiy mavzular