06:30 21 Yanvar 2019
Efir
  • RUB124.97
  • EUR9582.03
  • USD8356.18
Babrak Karmal, Sharaf Rashidovich Rashidov

Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi keng nishonlanadi

© Sputnik / V. Chistyakov
Jamiyat
Havola olish
Sharof Rashidovning 100 yillik yubileyi (19)
7274122

Jizzaxning Sharof Rashidov tumanida muzey hamda yodgorlik majmuasi quriladi, Oʻzbekiston sobiq rahbari xotirasiga bagʻishlangan hujjatli film suratga olinadi va uning tanlangan asarlari qayta chop etiladi.

TOSHKENT, 28 mar – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.

Ushbu qaror atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidovning yorqin xotirasini ulugʻlash hamda tavalludining100-yilligini munosib nishonlash maqsadida qabul qilingan.

“Respublikamizni juda murakkab va ogʻir yillarda boshqarib, yurtimiz taraqqiyoti yoʻlida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga katta hissa qoʻshgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidovning yorqin xotirasini ulugʻlash hamda tavalludining100-yilligini munosib nishonlash maqsadida”, — deyilgan qaror matnida.

Xususan, Oliy Majlis Senatining qaroriga  muvofiq Jizzax viloyatining Jizzax tumaniga Sharof Rashidov nomi beriladi va u yerda uning xotirasiga bagʻishlangan yodgorlik majmuasi va haykali quriladi. Shuningdek, yosh avlodni Sharof Rashidovning hayoti bilan yaqindan tanishtirish uchun Jizzax shahrida uning memorial uy-muzeyini tashkil etish va muzey hududini obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Fidel Kastro (sleva) i pervыy sekretar TSK kompartii Uzbekistana Sharaf Rashidov (2 sprava) beseduyut s chabanom kolxoza imeni Sverdlova M. Muminovыm
© Sputnik / Vasiliy Malыshev
Sharof Rashidov
Undan tashqari Sharof Rashidov nomi bilan bogʻliq bir necha yozma adabiyotlar chop etiladi.  Ular orasida davlat arbobi asarlaridan “Saylanma” kitobi, Sharof Rashidov hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan “Xalqimizning otashqalb farzandi” nomli xotira kitobini chop etiladi.

Shuningdek, Sharof Rashidovning hayoti va ijtimoiy-ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratiladi. 2017-yil noyabr oyining birinchi oʻn kunligida Jizzax va Toshkent shaharlarida Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligiga bagʻishlangan xotira kechasini oʻtkaziladi.

Sharof Rashidovning 100-yilligini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlar Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa OAVlar tomonidan keng yoritib boriladi.

Taniqli adib, yirik davlat arbobi Sharof Rashidov 1917 yilning 6 noyabrida Jizzax shahrida, dehqon oilasida tavallud topgan.

1941 yilda Samarqand Davlat universitetini tugatib muallim va muxbir sifatida faoliyatini boshlagan. 1941-1942 yillarda urushda qatnashadi. 1950-1959 yillarda Oʻzbekiston Oliy Kengashi rayosatining raisi, 1959-1983 yillarda Oʻzbekiston Kompartiyasi markazqoʻmining birinchi kotibi boʻlib ishlaydi. Sharof Rashidov 1983 yilning kuzida vafot etgan.

YU. A. Gagarin i SH. R. Rashidov v aeroportu Tashkenta
Iz arxiva Georgiya Dimova
Sharof Rashidov Yuriy Gagarin bilan
Sharof Rashidov rahbarlik qilgan yillari Urushdan keyingi eng ogʻir yillar, 1966 yilda sodir boʻlgan Toshkent zilzilasi va undan keyingi choʻlni oʻzlashtirish hamda paxta maydonlarini kengaytirish yillarigi toʻgʻri kelgan.

Sharof Rashidov qobiliyatli boshqaruvchilikdan tashqari oʻz davrining koʻzga koʻringan yozuvchisi ham boʻlgan. Adibning «Gʻoliblar»,  «Boʻrondan kuchli», «Qudratli toʻlqin» «Kashmir qoʻshigʻi» kabi asarlarida oʻzbek xalqining urushdan keyingi tiklanish yillaridagi mehnat jasorati badiiy ifodasini topgan.

Mavzu:
Sharof Rashidovning 100 yillik yubileyi (19)

Asosiy mavzular