07:36 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
204335

Oʻzbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan mazkur loyihani YUNESKOning Butunjahon merosi markazi va IKOMOS (Yodgorlik va meʼmoriy obidalarni saqlash Xalqaro kengash) bilan muvofiqlashtirish ishlari olib borilmoqda

TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. Oʻzbekiston mustaqilligining asoschisi, yurtimizning Birinchi Prezidenti xotirasini abadiylashtirish maqsadida Prezident Islom Karimov dafn etilgan maskanda yodgorlik majmuasini barpo etishga oid qaror qabul qilindi, deb xabar qildi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Lola Karimova-Tillayeva.

Xabarga koʻra, Respublika komissiyasi hamda Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros obʼyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish Bosh boshqarmasi tomonidan Prezident Islom Karimov dafn etilgan Hazrat Xizr masjidi majmuasi hududida maqbaraning qurilish loyihasi ishlab chiqilib, taqdim etilgan.

Oʻzbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan mazkur loyihani YUNESKOning Butunjahon merosi markazi va IKOMOS (Yodgorlik va meʼmoriy obidalarni saqlash Xalqaro kengash) bilan muvofiqlashtirish ishlari olib borilmoqda.

"Butunjahon merosi markazi va IKOMOS tashkilotlari yodgorlik obidasini qurish loyihasi bilan tanishib chiqdilar. Mazkur xalqaro tashkilotlarining mutahassislari 2016 yilning dekabr oyida Hazrat Xizr masjidiga tashrif buyurib, qurilish ishlarini YUNESKO mezonlariga muvofiq holda, yaʼni Butunjahon meʼrosi obʼyektining tarixiy koʻrinishini saqlab qolgan holda amalga oshirish borasidagi tavsiyalarini Oʻzbekistonga yoʻlladilar.

Loyiha ustida olib borilayotgan ish jarayonidan mamnunmiz va umid qilamizki, maqbarani qurish boʻyicha ishlar yaqin kelajakda boshlab yuboriladi. Ushbu fotolavhada maqbaraning kelajakdagi koʻrinishiga oid suratlarni sizning eʼtiboringizga havola etmoqchimiz", — deyilgan xabarda.

Teglar:
maqbara, Lola Karimova, Islom Karimov

Asosiy mavzular