12:27 30 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
202523

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Tashqi mehnat migratsiya agentligining Feysbuk ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida xabar qilingan

TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Rossiyaning Astraxan shahrida joylashgan "Xaska" korxonasiga tikuvchilar ishga taklif qilinadi, deyiladi migratsiya agentligi xabarida.

Tikuvchilar ustki kiyimlarni tikish bilan shugʻullanishlari va shu bois, ishga taklif qilinayotganlardan tegishli kvalifikatsiya talab etilishi qayd etilgan.

"Ish ikki smenada amalga oshiriladi, 1-smena 7.00dan 19.00 ga qadar (ikki kun ish ikki kun dam) va 2-semna 8.00dan 16.30ga qadar (shanba va yakshanba — dam olish kunlari)", deyilgan xabarda.

Ish beruvchidan qoʻyilayotgan talab: tikuvchilik kasbiga ega fuqarolardan rus tilida oʻqish, maʼlum miqdorda gaplasha olish va yoza olish koʻnikmalari talab etiladi.

Smena uchun bir kunga berilgan topshiriq bajarilganda, 20 ming rubldan 40 ming rublgacha maosh toʻlanishi aytilgan.

Shuningdek, qoʻshimcha ragʻbat pullari ham berilishi mumkinligi qayd etilgan.

Rossiya hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat (patent)ni rasmiylashtirishga ketadigan mablagʻ (8600 rubl) ish beruvchi hisobidan qoplanadi.

Bir kunlik yotoq joy va oziq-ovqat migrant uchun 33 rublga tushishi qoʻshimcha qilingan.

Oʻzbekistondan Astraxan shahrigacha yoʻl kira haqi ish beruvchi tmonidan ham qoplanishi mumkin. Bunday holda ish beruvchi yoʻl kira uchun toʻlagan pulni 6 oy davomida ish haqidan ushlab qolishi aytilgan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu vakansiya bilan qiziqqan nomzodlarni agentlikning mahalliy boʻlimlariga yoki quyidagi telefonlar orqali murojaat qilishni soʻraydi: 8(371) 214-51-87 va 8(371) 214-47-29.

Manzil: Toshkent, Olmazor tumani, Kamarniso koʻchasi, 1-uy.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Teglar:
tikuvchilik, patent, Moskva, ish

Asosiy mavzular