09:00 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
33941

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari Boriy Alixonovning aytishicha,hozirda Orol dengizi boʻyicha maxsus hujjat - Konventsiya ishlab chiqilmoqda

TOSHKENT, 1 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston transchegaraviy suvlardan xalqaro huquq asosida oqilona va adolatli foydalanish tarafdoridir, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari Boriy Alixonov.

"Oʻzbekiston va Qozogʻiston rahbarlari bu masala boʻyicha yaqinda oʻz nuqtai nazarlarini bayon etishdi. Bu Rogʻunga ham, Orol dengizi havzasida joylashgan boshqa ulkan gidrotexnik inshootlarga ham tegishli. Amudaryo va Sirdaryo hamda boshqa daryolar ushbu havzaga kiradi, bu asrab-avaylash zarur boʻlgan yagona ekotizimdir", — dedi u.

Alixonovning aytishicha, hozirda Orol dengizi boʻyicha maxsus hujjat — Konventsiya ishlab chiqilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq oʻzbek ekspertlari Vaxsh daryosida quriladigan Rogʻun gidroelektrostantsiyasi borasida oʻz xavotirlarini bildirishgandi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular