11:27 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
Mirziyoyevning ijodkor ziyolilar bilan uchrashuvi (14)
205 0 0

Bino mamlakat mustaqilligining 26 yillik bayrami arafasida yozuvchilar ixtiyoriga topshirilishi moʻljallanmoqda

TOSHKENT, 3 avgust — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvda Yozuvchilar uyushmasi uchun alohida bino qurilayotganini maʼlum qildi.

Prezident Adiblar xiyoboni hududida Uyushma uchun alohida bino qurilayotgani, mamlakat mustaqilligining 26 yillik bayrami arafasida uni yozuvchilar ixtiyoriga topshirish moʻljallanayotganini taʼkidladi.

Davlat rahbarining taklifiga asosan, yangi binoda “Ijod” jamoat fondi, Uyushma muassisligidagi “Sharq yulduzi”, “Zvezda Vostoka”, “Yoshlik” jurnallari tahririyatini joylashtirish koʻzda tutilgan.

Mavzu:
Mirziyoyevning ijodkor ziyolilar bilan uchrashuvi (14)

Asosiy mavzular