12:28 20 Fevral 2018
Efir
V mejdunarodnaya vыstavka-yarmarka «Koja, obuv, odejda i aksessuarы»

Oʻzbek kompaniyalari Qirgʻizistonga kiyim-kechak va poyabzal eksport qiladi

© IA «Jaxon» / Anvar Ilyasov
Jamiyat
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi (14)
30301

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston kompaniyalari biznes forumida mahsulot yetkazib berish boʻyicha qator shartnomalar imzolandi

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Oʻzbekistonda faoliyat yurituvchi "Iftixor Sanoat" kompaniyasi Qirgʻizistonga 2 million dollarlik turli liboslar yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzoladi. Bu haqda kompaniya vakili Anna Dobrixga asoslanib nuz.uz xabar bermoqda.

U bu haqda qirgʻiz-oʻzbek biznes forumida maʼlum qilgan.

"Biznes forumda yanada koʻproq shartnoma imzolanishini kutmoqdamiz. Ishlab chiqilgan va koʻzda tutilgan shartnomalar mavjud", — degan kompaniya vakili.
Oʻzbekistonlik yana bir tadbirkor Abdulhoshim Ismoilovning aytishicha, bu yil Qirgʻizistonga umumiy qiymati 2,7 mln dollarlik 50 turdagi poyabzal eksport qilish boʻyicha shartnoma imzolangan.

"Biz Oʻsh va Botken viloyatidagi kompaniyalar bilan oʻn yildan buyon hamkorlik qilib kelamiz. Mana shunday biznes forumlar munosabatlarimizni yanada yaxshilaydi", — degan tadbirkor.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi (14)

Asosiy mavzular