23:50 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
Men - migrantman. Yangi loyiha (74)
764 0 0

Bu haqda Rossiya Mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Mixail Shmakov rahbarligidagi delegatsiyaning Oʻzbekistonga tashrifi davomida muhokama qilindi

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Rossiya Mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Mixail Shmakov rahbarligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi. Bu haqda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolari Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir oʻrinbosari J.Qoʻchqorov bilan, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida kasaba uyushma faollari bilan uchrashdi.

Faollar bilan uchrashuv davomida Rossiyada Oʻzbekiston mehnat migrantlari kasaba uyushmasini tuzish yoki ularni tegishli tarmoq kasaba uyushmalari aʼzoligiga qabul qilish, Toshkentda Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi qoshidagi Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi filialini tashkil etish, Oʻzbekiston kasaba uyushma faollari uchun Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasida haftalik oʻquv kurslarini tashkil etish tajribasini qaytadan yoʻlga qoʻyish kabi masalalar muhokama etildi.

5 sentyabrya 2017 goda v Uzbekistan s ofitsialnыm vizitom pribыla delegatsiya Federatsii nezavisimыx profsoyuzov Rossii vo glave s predsedatelem FNPR Mixailom Shmakovыm
Press-slujba Federatsii profsoyuzov Uzbekistana
RMKUF va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi oʻrtasida Hamkorlik toʻgʻrisida Kelishuv imzolandi

Rossiya va oʻzbekiston kasaba uyushmalari oʻrtasidagi ikkitomonlama oʻzaro manfaatli hamkorlik munosabatlarining muhimligini eʼtiborga olgan holda hamda RMKUF bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi oʻrtasida Hamkorlik toʻgʻrisida Kelishuv imzolandi.

Maʼlumot uchun, Rossiya Mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi (RMKUF) 1990 yilda tashkil topgan boʻlib, Rossiya mehnatkashlarining eng yirik birlashmasi hisoblanadi va 122 aʼzo tashkilotni, shu jumladan, 42 umumrossiya, hududlararo kasaba uyushmalari hamda 80 ta hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalarini birlashtiradi. Rossiya mustaqil kasaba uyushmalari Federatsiyasi birlashtiruvchi kasaba uyushmalarida 20 milliondan ortiq aʼzo mavjud boʻlib, ular Rossiyadagi barcha kasaba uyushma aʼzolarining 95 foizga yaqinini tashkil etadi.

Mavzu:
Men - migrantman. Yangi loyiha (74)

Asosiy mavzular