10:51 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
213410

Joriy yilning boshida Sergeli tumanida qurilishi boshlangan mazkur uy-joylar bugun toʻliq yakuniga yetkazildi.

TOSHKENT, 17 noya – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Sergeli tumanida qurilgan yangi uylarni borib koʻrdi. Bu haqda prezidentning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Prezident yangi qurilgan xonadonlarda boʻldi. U yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, uy sohiblari bilan suhbatlashdi. Ularni yangi xonadon bilan tabriklab, sovgʻalar taqdim qildi.

"Bu uylarni birovlarga koʻz-koʻz qilish uchun emas, aholi manfatlarini oʻylab bunyod etmoqdamiz. Shunday ekan, binolarni zamon talablariga mos qilib qurish kerak. Bundan tashqari, uylarni saqlash, toʻgʻri foydalanish ham burchimizdir. Bu borada shu yerda yashovchilarning masʼuliyatini oshirish, ularda uz uyi uchun javobgarlik hissini kuchaytirish lozim", dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident shuningdek, bu yerga koʻchib kelayotganlarni ish bilan taʼminlash masalasi ham dolzarbligini hamda kelajakda quriladigan korxona va ishlab chiqarish obʼyektlari bu uylarga yaqin joyda boʻlishi muhimligini taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri saylovchilari vakillari bilan uchrashuvda poytaxtdagi uy-joy muammosiga alohida eʼtibor qaratgan edi. Uchrashuvda mutlaqo yangi dastur qabul qilingani, unga binoan 5 yil davomida poytaxtning har bir tumanida 20 tadan, jami 200 dan ortiq 7 va 9 qavatli, koʻp xonadonli uy-joylar qurilishi, bu mavzelar barcha ijtimoiy obʼyektlar bilan taʼminlanishi, muhandislik tarmoqlariga ulanishi, uylar atrofi obodonlashtirilishini taʼkidlagan edi.

Joriy yilning boshida Sergeli tumanida qurilishi boshlangan mazkur uy-joylar bugun toʻliq yakuniga yetkazildi.

13 gektar maydonda 66 koʻp qavatli uy-joy qad rostlagan. 1, 2, 3 xonali bu uylar aholiga imtiyozli kreditlar asosida berildi. Uylar atrofida 240 oʻrinli maktabgacha taʼlim muassasasi, 630 oʻrinli oʻrta taʼlim maktabi, 61-sonli oilaviy poliklinika, yopiq turdagi suzish havzasi, shahar militsiya boʻlinmasi, pochta va kitob doʻkoni, dam olish maskanlari, poliklinika, bolalar maydonchalari, avtomobil turar joylari, velotrassalar barpo etilgan.

Bundan tashqari, mavzeda xizmat koʻrsatish tarmoqlari tashkil etildi, yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Asosiy mavzular