14:35 15 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Baxrom Ashrafxanov: Uzbekistan ostanetsya strategicheskim soyuznikom Rossii

Elchi: Oʻzbekistonning YEOIIga qoʻshilishi kun tartibidan oʻrin olmagan

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
724 0 0

Oʻzbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi "Rossiya va Oʻzbekiston: strategik sheriklikning 25 yili" koʻrgazmasi katalogi taqdimotida hozirda ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar yuqori choʻqqiga chiqqanligini taʼkidladi

TOSHKENT, 8 dek — Sputnik. Ayni paytda Toshkent kun tartibidan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YEOII) qoʻshilish masalasi oʻrin olmagan, dedi Oʻzbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov.

"YEOII borasidagi masala hozircha kun tartibidan oʻrin olmagan", — dedi u "Rossiya segodnya" Xalqaro axborot agentligida boʻlib oʻtgan "Rossiya va Oʻzbekiston: strategik sheriklikning 25 yili" koʻrgazmasi katalogi taqdimotida.

Elchining qoʻshimcha qilishicha, chorak asr mobaynida Oʻzbekiston-Rossiya munosabatlari turli bosqichlardan oʻtgan, murakkab davrlar ham boʻlgan. Ammo munosabatlar hamisha doʻstona boʻlgan, hozirda esa ikki davlat hamkorligi oʻzining yuqori choʻqqisida.

YEOII Bojxona ittifoqi va Yagona iqtisodiy makon negizida tashkil etilgan va 2015 yil 1 yanvardan buyon faoliyat koʻrsatayotgan xalqaro integratsion iqtisodiy birlashmadir. Hozirda Rossiya, Armaniston, Belorussiya, Qozogʻiston va Qirgʻiziston YEOII aʼzolari hisoblanadi.

Asosiy mavzular