09:09 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
246 0 0

Qirgʻiziston rahbari Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ahil qoʻshnichilik siyosatiga yuqori baho bergan

TOSHKENT, 19 dek – Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyovga Oʻzbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif davomida koʻrsatilgan ehtirom va mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildirdi. Qirgʻiziston rahbarining minnatdorlik maktubi Oʻzbekiston prezidenti rasmiy veb saytida eʼlon qilindi.

Jeenbekovning qayd etishicha, mazkur tashrif mamlakatlar oʻrtasida yanada mustahkamlangan oliy darajadagi ishonchli muloqotning mantiqiy davomi boʻldi.

"Oʻzaro anglashuv va ishonch muhitida oʻtgan muzokaralardan gʻoyat mamnunman. Qirgʻiziston bilan Oʻzbekistonning xalqlarimiz oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik aloqalari, yaxshi qoʻshnichilik va qardoshlik munosabatlariga asoslangan strategik sherikligini yanada mustahkamlash boʻyicha erishilgan kelishuvlardan juda xursandman", deb yozadi Jeenbekov.

Qirgʻiziston prezidenti yoʻlovchi transporti qatnovini qayta tiklash, tranzit tashishlarni taʼminlash va transport yoʻlaklari ochish, shuningdek, eksport-import aloqalarini faollashtirishga qaratilgan qoʻshma rejalarning hayotga tatbiq etilishi oddiy fuqarolar turmush farovonligini oshirish hamda oʻzaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratishiga ishonchi komilligini taʼkidlaydi.

U Qirgʻiziston – Oʻzbekiston davlat chegaralarining qolgan qismini delimitatsiya qilish ishlari oʻzaro hurmat va manfaatlarni hisobga olish tamoyillari asosida faol surʼatda davom etadi, degan fikrni bildirgan.

Qirgʻiziston rahbari xususan, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ahil qoʻshnichilik siyosatiga yuqori baho bergan.

"Sizning diplomatiyada yangi anʼanalarga asos solayotganingiz, davlatlararo ahamiyatga molik masalalarni hal qilishda nostandart va samarali yondashuvlarni namoyon qilayotganingiz tahsinga sazovor. Siz nafaqat Qirgʻiziston va Oʻzbekiston, balki butun mintaqa mamlakatlari oʻrtasidagi hamkorlikka ijobiy surʼat bagʻishladingiz.

Qirgʻiziston Sizning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam uchrashuvlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi tashabbusingizni toʻliq qoʻllab-quvvatlaydi. Biz bu tashabbusni amalga oshirish yoʻlida barcha saʼy-harakatlarimizni ishga solamiz", deyiladi maktubda.

Pamyatnik Islamu Karimovu
Press-slujba prezidenta Kыrgыzstana

Jeenbekov maktubida oʻrtada doʻstlik va birodarlik munosabatlari qaror topganidan gʻoyat mamnunligini bildiradi.

"Sizning tashrif davomida bir necha bor yangragan "dardingizni oʻz dardimiz, gʻalabangizni oʻz gʻalabamiz sifatida qabul qilamiz", degan soʻzlaringiz qirgʻiz xalqiga ezgu munosabatingiz ifodasi boʻlib, qalbimdan chuqur joy oldi", deya yozadi Qirgʻiziston rahbari.

Sooranbay Jeenbekov maktubini Oʻzbekiston prezidentiga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat, davlat rahbari sifatidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston xalqiga tinchlik va taraqqiyot tilagan holda yakunlagan.

Asosiy mavzular