07:23 25 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Rospotrebnadzor peredal  Uzbekistanu mikrobiologicheskiyu laboratoriyu

Rossiya Oʻzbekistonga mobil mikrobiologik laboratoriya taqdim etdi

© Press slujba Rospotrebnadzor
Jamiyat
Havola olish
29610

Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika oʻlat, karantin va oʻta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markaziga ham Rossiya Federatsiyasi tomonidan laboratoriya uskunalari, sarflanadigan ashyolar va diagnostik preparatlar taqdim etildi

TOSHKENT, 24 dek – Sputnik. Rossiya isteʼmolchilar huquqlari va inson farovonligini himoya qilish boʻyicha federal nazorat xizmati (Rospotrebnadzor) Oʻzbekistonga ekspress diagnostika qiluvchi mobil mikrobiologik laboratoriya taqdim etdi. Bu haqda Rospotrebnadzor matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika oʻlat, karantin va oʻta xavfli yuqumli kasalliklar muhofazasi markaziga Rossiya Federatsiyasi tomonidan laboratoriya uskunalari, sarflanadigan ashyolar va diagnostik preparatlar taqdim etildi. Oʻzbekistonlik mutaxassislar laboratoriyadan qanday foydalanish boʻyicha koʻnikma olishdi.

Taqdim etilgan qurilmalar Oʻzbekistonda sanitar-epidemiologik vaziyatni barqaror ushlab turishga yordam beradi. Ular infektsiya qoʻzgʻatuvchilar hamda oʻta yuqumli xavfli kasalliklar tabiiy oʻchoqlarini epidemiologik nazorat qilishda qoʻllaniladi.

Rospotrebnadzor Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalari moddalarini joriy etish va amalga oshirish boʻyicha 2014 yildan buyon Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Hozirda mintaqa mamlakatlarida Rossiya tomonidan taqdim etilgan 10ta mobil laboratoriya faoliyat koʻrsatmoqda.

Asosiy mavzular