08:05 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
148940

Bugun, 25 yanvar kuni prezidentning davlat maslahatchisi Rustam Qosimov ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 25 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi.

Prezident matbuot xizmati tomonidan ushbu qarori oʻqib eshittirildi.

Yangi qaror talablariga koʻra, tez yordam haydovchilari uchun 2018 yil 1 fevraldan 30 % ustama ajratiladi.

Maʼlum qilinishicha, 2017 yilda 1,2 mindan ortiq tez yordam avtoulovlari xarid qilingan.

Bundan tashqari, shoshilinch tibbiy yordam barcha tibbiyot muassasalarida bepul tarzda koʻrsatilishi belgilab qoʻyildi.

Shuningdek, maxsus Call-markazlarni tashkil etish moʻljallanmoqda, ushbu markazlarda shifokorlar qoʻngʻiroqlarga javob qaytaradi. Asossiz ravishda tez yordam koʻrsatishdan bosh tortish maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladi.

Asosiy mavzular