15:15 26 May 2018
Efir
  • EUR9396.79
  • RUB128.37
  • USD7997.95
Sudebnыy molotok, arxivnoye foto

Sud Islom Karimov haykalini oʻrnatish masalasi boʻyicha referendumni bekor qildi

© Sputnik / Andrey Starostin
Jamiyat
Havola olish
154230

Prokurorning soʻzlariga koʻra, "haykallarni koʻchirish masalasi mahalliy oʻz-oʻzini boshqaruv organiga hech qanday aloqasi yoʻq"

TOSHKENT, 7 fev — Sputnik. Moskva sudi prokuraturaning daʼvo arizasiga koʻra Islom Karimov haykalini oʻrnatish boʻyicha referendum oʻtkazish va Lenin haykalini Kalujsk maydonidan "Muzeon"ga koʻchirish masalasini bekor qildi, deb xabar qildi sud zalidan RIA Novosti muxbiri.

Prokuror oʻz daʼvo arizasida 18 mart kuni referendum oʻtkazish boʻyicha Yakimanka okrugi deputatlar kengashi qarorini bekor qilishni soʻragan. Referendumni 8 ta masala boʻyicha oʻtkazish rejalashtirilgan. Ular ichida Bolshaya Polyanka koʻchasida Islom Karimov haykalini oʻrnatish masalasi ham boʻlgan.

Prokurorning soʻzlariga koʻra, referendumga qoʻyilgan masalalar "saylov huquqiy oqibatlarni koʻrsatmaydi", "haykallarni koʻchirish masalasi mahalliy oʻz-oʻzini boshqaruv organiga hech qanday aloqasi yoʻq".

Bundan avval Moskva monumental sanʼati boʻyicha komissiyasi raisi oʻrinbosari Lev Lavrenov Moskvadagi Islom Karimov hiyobonida Oʻzbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov haykalini oʻrnatish hamda Lenin haykalini Kalujsk maydonidan "Muzeon" hiyoboniga koʻchirish masalasiga ham salbiy munosabat bildirgandi.

Moskva meri Sergey Sobyanin 2017 yil 27 oktyabr kuni Moskvada Islom Karimov haykalini oʻrnatish toʻgʻrisida farmoyish imzolagandi. Ushbu hujjatga koʻra, haykal Yakimanka tumanida 2019 yil 31 dekabrgacha oʻrnatiladi.

Asosiy mavzular