09:38 05 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
158640

Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini almashtirish 2017 yil 1 oktyabridan 2018 yil 31 dekabrigacha ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi

TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. Toshkent shahar IIBB vakillari poytaxtda nima sababdan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalarini berish va almashtirish jarayoni vaqtinchalik toʻxtatib qoʻyilgani sababini tushuntirib berishdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Bundan avval, ijtimoiy tarmoqlarda maʼlumotlar bazasi buzilib qolganligi tufayli guvohnomalarni berish toʻxtatib qoʻyilganligi haqida xabarlar paydo boʻlgandi. IIBB bu xabarlarni rad etdi. Haydovchilik guvohnomalarni berish oddiy sabablarga koʻra, yaʼni IIV migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining yangi binoga koʻchish oʻtishi bilan bogʻliq.

"Koʻchib oʻtish tugagandan keyin, serverlar ishga tushgandan soʻng biz pasport va haydovchilik guvohnomalarini berishni boshlaymiz", — deb taʼkidladi Toshkent shahar IIBB boshliq oʻrinbosari Doniyor Toshxoʻjayev payshanba kuni boʻlib oʻtgan brifing chogʻida.

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalarini Chilonzor, Yunusobod, Sirgʻali, shuningdek, "Fayzobod" dahasidagi roʻyxatga olish va imtihon qabul qilish boʻlimida olish mumkin.

Aniq muddatlarga keladigan boʻlsak, bundan avval IIBB yangi binoga koʻchib oʻtish jarayoni 11 fevralda oʻz yakuniga yetishini maʼlum qilgandi. Biroq brifingda huquq tartibot organ xodimlari koʻchib oʻtish yakunlanishining aniq sanasini aytishmadi va bu jarayon bir necha kunga choʻzilishi mumkinligini taʼkidlab oʻtishdi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 10 mingdan ortiq fuqaro yangi shakldagi haydovchilik guvohnoma olishdi. Oʻtgan ikki oy davomida yangi namunadagi haydovchilik guvohnoma berilishi boshlangandan beri 1977 kishi avtomaktab oʻquv kurslarini bitirgan haydovchilar olishdi. 8404 kishi esa eski haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirishgan.

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi. Amaldagi haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalariga almashtirish 2017 yil 1 oktyabr — 2018 yil 31 dekabr davrida ixtiyoriy ravishda, 2019 yil 1 yanvar — 2020 yil 31 dekabr davrida majburiy tartibda amalga oshiriladi.

Asosiy mavzular