12:00 18 Fevral 2018
Efir
Zima v Tashkente

Yomgʻir va qor: Oʻzbekistonga yana sovuq havo oqimi kelmoqda

Sputnik / Stringer
Jamiyat
Havola olish
287921

Shu haftada Oʻzbekistonda sovuq havo oqimi kirib kelishi va qor yogʻishi kutilmoqda

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Oʻzbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, respublikada 14-17 fevral kunlariob-havo bashorati maʼlum qilindi.

Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, 14 fevralda baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin. 15-17 fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 fevralda vaqti-vaqti bilan shamol tezligi 17-22 m/s gacha, kuchayish vaqtida 23-28 m/s gacha boʻlishi mumkin. Harorat 14 fevralda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq, 15-17 fevralda kechasi 10-15 daraja sovuq; Ustyurtda 18-20 daraja sovuqgacha boʻladi, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliqgacha asta-sekin koʻtariladi. Xorazm viloyatida kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 14-15 fevralda 1-6 daraja sovuq boʻladi, 16-17 fevralda 0-5 daraja iliqgacha koʻtariladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 14-15 fevralda yogʻingarchilik (yomgʻir, 15 fevralda qorga aylanishi mumkin), 14-15 fevralda baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. 16-17 fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 fevralda shamol tezligi 17-22 m/s gacha, kuchayish vaqtida 23-28 m/s gacha boʻlishi mumkin. Harorat 14 fevralda kechasi 2-7o iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 15-17 fevralda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq boʻladi; choʻl hududlarda 14 fevralda kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq, 15-17 fevralda kechasi 10-15 daraja sovuq boʻladi; kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliqgacha asta-sekin koʻtariladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 14-15 fevralda yogʻingarchilik (yomgʻir, 15 fevralda qorga aylanishi mumkin), 14-15 fevralda baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. 16-17 fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 fevralda vaqti-vaqti bilan shamol tezligi 17-22 m/s gacha, kuchayish vaqtida 23-28 m/s gacha boʻlishi mumkin. Harorat 14 fevralda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 15 fevralda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 1-3 daraja sovuqgacha, 16-17 fevralda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 14-15 fevralda yogʻingarchilik (yomgʻir, 15 fevralda qorga aylanishi mumkin), 14-15 fevralda baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. 16-17 fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 fevralda vaqti-vaqti bilan shamol tezligi 17-22 m/s gacha, kuchayish vaqtida 23-28 m/s gacha boʻlishi mumkin. Harorat kechasi 14 fevralda 4-9 daraja iliq, 15-17 fevralda 2-7 daraja sovuq boʻladi, kunduzi 8-13 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqgacha oʻzgarib turadi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 14-16 fevralda yogʻingarchilik (yomgʻir, 15-16 fevralda qorga aylanishi mumkin), 14-15 fevralda baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 fevralda vaqti-vaqti bilan 17-22 m/s gacha kuchayish mumkin. Harorat kechasi 14-15 fevralda 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 16-17 fevralda 2-7 daraja sovuq, kunduzi 14 fevralda 5-10 daraja iliq boʻladi, 15-17 fevralda 2 daraja sovuq-3 daraja iliqgacha pasayadi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, 14-16 fevralda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 14-15 fevralda baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. 17 fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 fevralda baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayish mumkin. Harorat 14 fevralda kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq boʻladi, 15-17 fevralda kechasi 8-13 daraja sovuqgacha, kunduzi 2-7 daraja sovuqgacha pasayadi.

Asosiy mavzular