18:26 18 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Posol Uzbekistana v Rossiyskoy Federatsii Baxrom Ashrafxanov

Oʻzbekiston elchisi Rossiya bilan hamkorlikning uch yoʻnalishiga masʼul boʻladi

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
287 0 0

Prezident topshirigʻiga binoan har bir elchi joylar bilan yanada samarali ishlash va hududiy munosabatlarni faollashtirish maqsadida mamlakatning tegishli viloyatlari bilan muntazam aloqada boʻlib turadi

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov iqtisodiyotning uch yoʻnalishida ikki tomonlama aloqalar uchun masʼul boʻladi: xorijiy investitsiyalarni jalb etish, oʻzbek mahsulotlari eksporti hajmini oshirish hamda turizm. Bu haqda diplomatik missiya rahbari Sputnik muxbiri bilan suhbatda aytib oʻtdi.

U shuningdek, prezident topshirigʻiga binoan har bir elchi joylar bilan yanada samarali ishlash va hududiy munosabatlarni faollashtirish maqsadida mamlakatning tegishli viloyatlari bilan muntazam aloqada boʻlib turishini bildirdi.

"Men Toshkent va Jizzax viloyatlari boʻyicha masʼulman, bu viloyatlar hokimlari yoki hokim oʻrinbosarlari bilan har kuni aloqada boʻlaman, Rossiya viloyatlari bilan aloqalar oʻrnatish uchun men tomonimdan qanday yordam kerakligini soʻrayman va koʻmak beraman. Sohalar boʻyicha esa elchixonamiz oʻzbek mahsulotlari eksporti hajmini oshirish, investitsion loyihalar va turizm boʻyicha masʼuldir", — dedi Bahrom Ashrafxonov.

Elchi bu yil Rossiya Federatsiyasi subʼyektlari rahbarlari Oʻzbekistonga, Oʻzbekiston delegatsiyasi esa Rossiya mintaqalariga tashrif buyuruvchi kamida beshta hududlararo tashriflar kutilayotganini aytdi. Yaqin kelajakda oʻzbek delegatsiyalarining RFning oʻn subʼyektiga beshta tashrifi moʻljallangan. Bahrom Ashrafxonov bunday hududlar sifatida Chelyabinsk viloyati, Boshqirdiston va boshqalarni sanab oʻtdi.

Asosiy mavzular