09:06 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
82710

Shuningdek Toshkent shahrining bozorlarida sotilayotgan bolalar oʻyinchoqlarining xaridi natijalariga koʻra 5 turdagi bolalar oʻyinchoqlari tashqi koʻrinishi va xavfsizlik koʻrsatkichlari boʻyicha meʼyoriy hujjat talablariga nomuvofiq deb topildi

TOSHKENT, 22 fev — Sputnik. "Oʻzstandart" agentligi Toshkent shahri va Toshkent viloyati savdo rastalarida sotilayotgan 18 turdagi sut va goʻsht mahsulotlarini meʼyoriy hujjat talablariga nomuvofiq deb topdi. Bu haqda Xalqaro Press-klubning "Oʻzstandart: islohotlarning yangi bosqichi, integratsiya va muammolar tahlili" mavzusidagi sessiyasida maʼlum qilindi.

Bildirilishicha, "Oʻzstandart" agentligi tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatining savdo rastalarida sotilayotgan 56 turdagi (sut va sut mahsulotlari, kolbasa mahsulotlari, ichimlik suvi, bolalar ozuqasi, kakao va sharbat) mahsulotning nazorat xaridi amalga oshirildi va ushbu mahsulotlar sinov laboratoriyalarida sinovdan oʻtkazildi.

Sinov natijalariga koʻra 18 turdagi sut va goʻsht mahsulotlari meʼyoriy hujjat talablariga sifat va xavfsizlik koʻrsatkichlari boʻyicha nomuvofiqligi aniqlandi.

Oʻtkazilgan sinovlar natijasida “Xasanmolprom”XF tomonidan ishlab chiqarilgan “Garmoniya”30% qaymogʻi, “Izzat” XK tomonidan ishlab chiqarilgan 2,5% “Tvorog” mahsuloti, “GOOD FOOD ORGANIC” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan quyultirilgan sut mahsuloti, “Tong sutlari” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan “25% Smetana” va “35% Qaymoq” mahsulotlari, “Xamidaxon barkali Tayyorlov” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan 2,5% yogurt va 20% smetana mahsulotlari, “Believe Milk Food” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan “Shaftoli” mazali yogurt, “Molochnыy kray” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan “30% qaymoq”, “15% Smetana” mahsulotlari, “Angren meat-milk” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan “Best” smetanasi tomonidan ishlab chiqarilgan sut mahsulotlari fizik-kimyo koʻrsatkichlari boʻyicha meʼyoriy hujjat talablariga nomuvofiq deb topildi.

Nomuvofiqliklar "Kozimjon Omad" va "Pokiza Niyat" MCHJlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan kolbasa mahsulotlarida ham aniqlandi.

Sut mahsulotlarida aniqlangan nomuvofiqliklar asosan mahsulotlarning tashqi koʻrinishi, hidi, mazasi, tarkibidagi yogʻ miqdorining belgilangan talabda emasligi boʻyicha, kolbasa mahsulotlari esa tarkibidagi kraxmal moddalarning belgilangan talablardan yuqori ekanligi boʻyicha meʼyoriy hujjat talablariga nomuvofiq deb topildi.

Shuningdek Toshkent shahrining bozorlarida sotilayotgan bolalar oʻyinchoqlarining xaridi natijalariga koʻra 5 turdagi bolalar oʻyinchoqlari tashqi koʻrinishi va xavfsizlik koʻrsatkichlari boʻyicha meʼyoriy hujjat talablariga nomuvofiq deb topildi.

Oʻyinchoq mahsulotlaridan bolalar shaqildogʻi, bolalar chiyildoq koptogi, qoʻgʻirchoqlar toʻplami, qurol-aslaha toʻplami, yonib turuvchi tipratikon oʻyinchoqlarida burama va yoriqlari borligi boʻyicha meʼyoriy hujjat talablariga nomuvofiq deb topildi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi tibbiyot sanitariya birlashmasi, sanitariya-epidemiologiya stantsiyasining sinov natijalariga koʻra yuqoridagi oʻyinchoqlarda formaldegid moddasining miqdori mehyoriy hujjat koʻrsatkichidan oʻn baravar yuqoriligi aniqlandi.

"Oʻzstandart" agentligi mamlakatda standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida ishlab chiqilgan meʼyoriy hujjatlarning ijrosini taʼminlash borasida faoliyat yuritadi.

Asosiy mavzular