10:09 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
104310

"Obod qishloq" loyihasi qishloqlardagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan. U mamlakat tarixida birinchi bor amalga oshirilmoqda

TOSHKENT, 25 fev — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekistonning chekka hududlari va qishloqlarida obodonchilik ishlariga etibor berish va hududlardagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida "Obod qishloq" loyihasi ishga tushirildi. Ushbu loyiha mamlakat prezidenti tashabbusi hisoblanadi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi "Xalq bilan muloqot" guruhida xabar berildi.

Xabarga koʻra, dastlab Respublika ishchi guruhi joylardagi real vaziyatlarni oʻrganib chiqishgan. 

V Uzbekistane startoval proyekt Blaguostroyennыy poselok
V Uzbekistane startoval proyekt "Blaguostroyennыy poselok"

Loyihaning birinchi bosqichida qishloq joylarda amaldagi qonunchilik bilan belgilangan qurilish normalari va sanitariya talablariga javob bermaydigan, taʼmirtalab uylarda yashovchi oilalar roʻyxati shakllantiriladi.

Keyingi bosqichda jamoatchilik va faol yoshlarni keng jalb etgan holda manfaatdor tashkilot va idoralar bilan birgalikda abgor ahvolda boʻlgan uylarni taʼmirlash va obodonlashtirish, shu jumladan, uzoq va chekka hududlardagi qishloqlar qiyofasini oʻzgartirish maqsadida hasharlar tashkil etiladi.

Dastlabki manzil — Jizzax viloyati Doʻstlik tumanining "Manas" qishlogʻi boʻldi.

Ayni qish kunlari, yogʻingarchilik koʻp boʻladigan pallalarda qishloq koʻchalari loyga botib, fuqarolar va transport harakatiga halaqit qilishi tabiiy. Shu bois ham, bu borada "Manas" qishlogʻida bir nechta tadbirlar amalga oshirildi. Qishlok koʻchalari tozalanib, yon taraflari betonlanib ariqlar yotqizildi.

V Uzbekistane startoval proyekt Blaguostroyennыy poselok
V Uzbekistane startoval proyekt "Blaguostroyennыy poselok"

Bundan tashqari, qishloq ahli uchun ikki mashina — 9,5 tonna koʻmir yetkazib berildi.

Mutasaddilar qoʻshimchasiga yana koʻmir keltirilishini maʼlum qilishdi.

Shuningdek, "Manas" qishlogʻidagi 4 ta maktabda Oliy taʼlim muassasalarga kirish istagida boʻlgan uyushmagan yoshlar uchun bepul oʻquv kurslari tashkil etildi. Mazkur oʻquv kurslari 12 ta fan boʻyicha tashkil etildi. Endi qishloq yoshlari oʻzbek, rus, ingliz tillari, matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya va boshqa fanlar boʻyicha kirish imtixonlariga tayyorgarlik koʻrishlari mumkin boʻladi.

Asosiy mavzular