19:46 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
GRES

Tojikiston Oʻzbekistonga qachondan boshlab elektr yetkazib berishi maʼlum boʻldi

© Sputnik / Sergey Pivovarov
Jamiyat
Havola olish
Oʻzbekiston – Tojikiston doʻstligi (13)
67110

Yoz mavsumida Oʻzbekiston Tojikistonga bir kilovatt elektr energiyasi uchun ikki tsent, qishda – bir kilovatt uchun 2,5 tsentdan toʻlaydi

TOSHKENT, 28 fev — Sputnik. Dushanbe va Toshkent Oʻzbekistonga elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha kelishib oldi, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston.

"Tojikiston joriy yilning mart oyi oxiri yoki aprel oyi boshida Oʻzbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshlaydi. Tojikiston elektr energiyasining qoʻshni mamlakatga eksport qilinadigan umumiy hajmi yiliga kamida 1,5 mlrd. KVt/soatni tashkil etadi", — deyiladi xabarda.

Kelishuvga muvofiq, yoz mavsumida Oʻzbekiston Tojikistonga bir kilovatt elektr energiyasi uchun ikki tsent, qishda – bir kilovatt uchun 2,5 tsentdan toʻlaydi.

"Tojikiston qoʻshni mamlakatga elektr energiyasi yetkazib berishni istalgan paytda boshlashi mumkin, ammo Oʻzbekiston janubini Tojikiston bilan bogʻlaydigan 60 kilometrli elektr uzatish liniyalarini tiklash va Tursunzoda shahridagi releli himoya va avtomatika loyihasini amalga oshirish ishlari hozircha nihoyasiga yetmadi. Bu yoʻnalishdagi ishlar jadal surʼatlarda olib borilmoqda", — deyiladi xabarda.

Avvalroq Tojikiston energetika va suv resurslari vaziri Usmonali Usmonzoda respublika Oʻzbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishga tayyor ekanligini bildirgandi.

Mavzu:
Oʻzbekiston – Tojikiston doʻstligi (13)

Asosiy mavzular