06:40 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
Vsenarodnыy xashar v Uzbekistane. (Buxara)

Oʻzbekistonda Navroʻz arafasida umumxalq xayriya hashari oʻtkaziladi

© Flickr / Aleksandr Zykov
Jamiyat
Havola olish
21610

Hashar munosabati bilan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablagʻlari Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining bankdagi hisob raqamlariga ixtiyoriy ravishda oʻtkazilishi belgilandi

TOSHKENT, 13 mar – Sputnik. Hukumat farmoyishiga asosan 2018 yil mart-aprel oylarida respublikaning barcha hududlarida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish oyligi hamda 18-19 mart kunlari umumxalq xayriya hashari oʻtkaziladi. Bu haqda Oʻzbekiston Adliya vazirligining Telegram-kanalida xabar qilindi.

Xabarga koʻra, hashar munosabati bilan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning bir kunlik ish haqi miqdoridagi mablagʻlari Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining bankdagi hisob raqamlariga ixtiyoriy ravishda oʻtkazilishi belgilandi.

Xayriya hasharidan tushgan mablagʻlar kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan oilalarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalarga, nogironligi boʻlgan shaxslarga, yolgʻiz qariyalarga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish kabi tadbirlarga sarflanishi nazarda tutilmoqda.

Mazkur farmoyish Navroʻz umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik koʻrish, xalq orasida oʻzaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, begʻaraz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, respublikaning barcha hududlarida sanitariya holatini yaxshilash maqsadida qabul qilindi.

Asosiy mavzular