18:30 23 Iyun 2018
Efir
  • RUB124.89
  • EUR9150.95
  • USD7883.99
Voyennoslujaщiye uzbekskoy armii

Oʻzbekistonda serjantlar maktablari faoliyati yakunlandi

© Minoboronы Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
431 0 0

Mudofaa vazirligi tizimidagi Chirchiq, Samarqand, Qarshi, Urganch, Namangan shaharlarida joylashgan serjantlar tayyorlash maktablari oʻz faoliyatini toʻxtatdi

TOSHKENT, 13 mar – Sputnik. Mudofaa vazirligi tizimidagi serjantlar tayyorlash maktablari oʻz faoliyatini toʻxtatdi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bundan buyon serjantlar tarkibi Samarqand Oliy harbiy avtomobil qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti oʻrnida tashkil etilgan Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida tayyorlanadi.

Mazkur taʼlim muassasasida 11 yoʻnalishboʻyicha: muhandislik, avtomobil xizmati, radiatsion, kimyoviy va biologik himoya, aloqa, frontorti taʼminoti,

Harbiy qasamyod
Slujba natsionalnoy bezopasnosti Respubliki Uzbekistan
zirhli texnikalarga xizmat koʻrsatish, artilleriya va quruqlikdagi qoʻshinlarning havo hujumidan mudofaa boʻlinmalari, radioelektron razvedka kabi yoʻnalishlar boʻyicha 6 oy davomida kichik mutaxassislar tayyorlanadi. Taʼlim yakunida harbiy xizmatchilarga kichik serjant unvoni beriladi.

Markazning 3 oylik qayta tayyorlov oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan harbiy xizmatchilarga esa serjant va katta serjant unvonlari beriladi.

Oldin Oʻzbekistonda serjantlar maktablari 2001 yilda tashkil etilgan boʻlib, u yerda muddatli harbiy xizmatni oʻtagan askarlar  3 va 9 oylik oʻquv kurslaridan soʻng serjantlar tarkibiga oʻtkazilaredi. Serjantlar maktablari 26 yoʻnalish boʻyicha mutaxassis va kichik komandirlarni tayyorlanar edi.

 

Asosiy mavzular