Fransiya kompaniyasi O‘zbekistonda kommunal xizmatlarni yaxshilash bilan shug‘ullanadi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishRabochiy ustanavlivayet radiator otopleniya v podyezde jilogo doma
Rabochiy ustanavlivayet radiator otopleniya v podyezde jilogo doma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Veolia" kompaniyasi hamda O‘zbekiston Hukumati o‘rtasida "Namangan shahrining issiqlik ta’minotini rivojlantirish" hamda "Toshkent shahrining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash" loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv memorandumi imzolandi

TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Fransiyaning "Veolia" kompaniyasi Namangan va Toshkent shaharlarida issiqlik va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshiradi. Bu haqda O‘zbekiston Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Moliya vazirligi tomonidan Fransiyaning "Veolia" kompaniyasi bilan O‘zbekistonda kommunal xizmatlarni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bir qator uchrashuv va muhokamalar o‘tkazildi.

Santexnik ustanavlivayet schetchik na vodu - Sputnik O‘zbekiston
Kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik plastik kartochkadan so‘zsiz yechib olinadi

Uchrashuvlar va hududlarda ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlarning sifatini yaxshilash bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida Fransiyaning "Veolia" kompaniyasi hamda O‘zbekiston Hukumati o‘rtasida "Namangan shahrining issiqlik ta’minotini rivojlantirish" hamda "Toshkent shahrining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash" loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv memorandumi imzolandi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu loyihalarning amalga oshirilishi iste’molchilarga ichimlik suvi hamda issiqlik energiyasini yetkazib berishdagi yo‘qotishlar va atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning kamayishiga hamda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlarning sezilarli darajada yaxshilanishiga olib keladi.

Kelajakda bu kabi loyihalarni mamlakatning boshqa shahar va tumanlarida, shu jumladan, olis hududlarida ham amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Ma’lumot uchun, "Veolia" kompaniyasi resurslarni boshqarish sohasida jahondagi yetakchi kompaniya bo‘lib, kommunal va shahar xo‘jaligi sohasida 160-yillik tajribaga ega. Kompaniya suv resurslari va chiqindilarni boshqarish, energiya iste’moli borasida kompleks yechimlar ishlab chiqish va taqdim etish bilan shug‘ullanadi.

Yangiliklar lentasi
0