15:23 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Linii elektroperedach.

Tojikiston Oʻzbekistonga elektr energiyasi yetkazib berishni boshladi

© Sputnik / Sergey Malgavko
Jamiyat
Havola olish
24430

Joriy yilda Tojikiston Oʻzbekistonga 1,5 milliard kVt/s elektr energiya eksport qiladi. Tojikiston elektr energiyasi har bir kilovattning narxi - 2 tsent.

TOSHKENT, 3 apr — Sputnik. Tojikiston kuni kecha, 2 aprelda 10 yillik tanaffusdan soʻng Regar (Tojikiston) nimstantsiyasidan Oʻzbekistonga elektr energiyasini eksport qilishni boshladi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston Tojikiston telegraf agentligiga tayangan holda.

Ushbu jarayon mahalliy vaqt bilan soat 17:05 da 220 kV liniyasi boʻyicha boshlandi. Xabarlarga koʻra, boshlangʻich bosqichda sutkalik eksport miqdori 672 ming kVt/s ni tashkil qiladi. Keyinchalik eksport hajmi koʻpaytiriladi.

Joriy yilda Tojikiston Oʻzbekistonga 1,5 milliard kVt/s elektr energiya eksport qilish rejalashtirilgan. Tojikiston elektr energiyasi har bir kilovattning narxi — 2 tsent.

Shuningdek, hozirgi vaqtda Tojikistondan Oʻzbekistonga elektr energiyani yetkazish hajmini koʻpaytirish maqsadida 220 kV quvvatli ikkinchi elektr uzatish liniyasi tayyorlanmoqda.

Tojikistonda har bir sutkada 37 million kVt/s elektr energiya ishlab chiqariladi. Ulardan 284 ming kVt/s Afgʻonistonga eksport qilinadi. Bir kVt/s narxi 4 tsentdan koʻp. Tojikiston shu yilda Afgʻonistonga elektr energiyani eksport hajmini 200 million kVt/s ga koʻpaytirish rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular