21:11 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
129730

"Yuragimizda, ichimizda armonimiz, dardimiz shuki - odamlar mana shunday sharoitda yashayapti. Hali oldimizda qanday ishlar turganini Manas misolida koʻrsatmoqchi edim", - deydi "Obod qishloq" dasturi doirasida Manasda amalga oshirilgan ishlarga bagʻishlab tayyorlangan videorolikda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev

TOSHKENT, 3 apr — Sputnik. Oʻzbekiston rahbari tashabbusi bilan obodoshlashtirish ishlari boshlab yuborilgan Manas qishlogʻi 45 kun ichida tanib boʻlmas darajada oʻzgardi. Oʻzbekiston prezidenti matbuot-xizmati qishloqning obodonlashtirish ishlari boshlanmagunga qadar holati va keyingi oʻzgarishlar haqida videorolikni eʼlon qildi.

2018 yilning fevral oyida ham "Manas" — binolari eski, yoʻllari loyga belangan oʻz xolicha tashlab qoʻyilgan qishloq edi.

"Yuragimizda, ichimizda armonimiz, dardimiz shuki — odamlar mana shunday sharoitda yashayapti. Hali oldimizda qanday ishlar turganini Manas misolida koʻrsatmoqchiman. Qiyin, ogʻir, mashaqqatli… Agar biz (sharoiti) ogʻir qishloqdan boshlamasak, odamlar bizga ishonmaydi. Hech qachon ishonmaydi", — degan edi ikki oy oldin Oʻzbekiston rahbari.

Mana shundan soʻng eski binolar va uylar buldozerlar yordamida surildi, buzib tashlandi va oʻrniga koʻp xonadonli ikki qavatli uylar qad rostlandi. 

Manasda zamonaviy bogʻcha, poliklinika, sport maydonchasi barpo etildi va hatto teri va charmni qayta ishlash yoʻlga qoʻyildi.

"Obod qishloq" (dasturini) Manasdan boshlaganim bejiz emas. Nega desangiz, mana shu yerda olijanob xalq yashaydi, juda bir mehnatkash aholi yashaydi", — degan edi oʻz chiqishida prezident.

Oʻzbekiston rahbari 30 mart kuni Doʻstlik tumanida joylashgan ushbu Manas qishlogʻida boʻldi.

Mirziyoyev terini qayta ishlash, agrosanoat majmuasi va oziq-ovqat klasteri barpo etish, tuya suti bilan davolaydigan klinika tashkil qilish borasidagi takliflarga alohida eʼtibor qaratgan edi.

Teglar:
Manas, Shavkat Mirziyoyev

Asosiy mavzular